Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Ukrainaga bosqini Markaziy Osiyoda ishonchsizlik hissini kuchaytirdi - Blinken
«Axir, qudratli davlat o‘z qo‘shnisi chegaralarini kuch bilan yo‘q qilishga urinayotgan bo‘lsa, uni boshqa davlatlarga ham shunday qilishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkin? Buni boshqa [qo‘shni] davlatlar ham, AQSh va ittifoqchilari ham tushunadi», dedi Entoni Blinken Toshkentdagi matbuot anjumanida.
Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken 1 mart kuni OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya-Ukraina urushi va uning mintaqa davlatlariga ta’siri yuzasidan fikr bildirdi.
«Tashrifim Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga bir yil to‘lganda amalga oshirilmoqda. Urush butun dunyoga cheksiz uqubatlar keltirmoqda. Bu urushdan Markaziy Osiyo va O‘zbekiston ham zararni sezmoqda. Shuning uchun Qo‘shma shtatlar 16 million dollarlik shoshilinch oziq-ovqat yordami ajratdi. Qiyinchiliklarga qaramay O‘zbekiston xalqining Ukrainaga saxovatpeshaligi (insonparvarlik yordami yuborilgani nazarda tutilmoqda) tahsinga sazovor. O‘zbekiston hukumati, shuningdek Rossiyadan qochgan bir necha ming qochqinni ham qabul qildi.
Rossiya bosqini bu mintaqada yanada keng tarqalgan ishonchsizlik hissini yaratmoqda. Axir, qudratli davlat o‘z qo‘shnisi chegaralarini kuch bilan yo‘q qilishga urinayotgan bo‘lsa, uning boshqa davlatlarga ham shunday qilishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkin? Buni boshqa [qo‘shni] davlatlar ham tushunadi, AQSh va bizning dunyo bo‘ylab sheriklarimiz ham tushunadi.
Shu sababli biz Markaziy Osiyo davlatlari hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz», deya AQSh davlat kotibining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
20:00 / 09.06.2026