Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining şahar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetining Toşkent filiali mansabdor şaxsi fuqaroni uşbu filialga bölim boşliği lavozimiga işga qabul qiliş va uning ilmiy işini ilmiy kengaşga kiritib, himoya qilişida yordam beriş evaziga pora tariqasida 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Farğona viloyati Özbekiston tumani tibbiyot birlaşmasining reanimatsiya bölimi mansabdor şaxsi mazkur tumanda istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga kirib, unga nisbatan Toşkent şahar Uçtepa tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan qözğatilgan jinoyat işini tanişlari orqali uning foydasiga hal qilib beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.
DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Uyçi tumani hokimligi yuristkonsulti firibgarlik yöli bilan mahalliy fermer xöjalik rahbaridan 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Aniqlanişiça, u iqtisodiy sudda körib çiqilayotgan uşbu fermer xöjalikning yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib oliş masalasini fermer foydasiga hal qilib berişni va’da qilgan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















