2 mart, payşanba kuni Gruziya parlamentining taşqi aloqalar hamda mudofaa va xavfsizlik böyiça qömitalari «xorijiy agentlar» töğrisidagi ikkita – «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi va «Çet el agentlarini röyxatga oliş töğrisida»gi qonun loyihalarini birinçi öqişda ma’qulladi. Şu kuni muxolifatdagi siyosatçilar va ijtimoiy faollar bir neça yuz kişi töplangan parlament binosi oldida norozilik aksiyasi ötkazdi. Bir neça namoyişçi hibsga olingan, deb xabar beradi «Gruziya Online».
Naşrning yozişiça, parlament xavfsizlik xizmati jurnalistlar va jamoat taşkilotlari vakillarini qonun loyihasi muhokamasiga qöymagan. Bir neça muxolifatçi siyosatçilar majlis zalidan majburan olib çiqildi. Bunga javoban bino taşqarisida ham, içkarida ham namoyişçilar: «Uyat! Sotqin! Rossiya qonuniga -yöq!» deya qonun loyihalarini qöllab-quvvatlagan har bir deputatga murojaat qilgan.
Namoyişçilarning bir qismi parlament qöriqçilari va politsiya xodimlari bilan töqnaşgani ham xabar qilinmoqda. Hibsga olişlar namoyişçilar qonun loyihalari mualliflari uçun «uyat yölagi» qurmoqçi bölgan paytda boşlangan. Şundan söng namoyişçilar hibsga olinganlardan biri bölgan patrul politsiyasi maşinasini parlament binosidan uzoqlaşişiga yöl qöymadi.
Bahsli qonun loyihalari Gruziya parlamentiga «Xalq kuçi» jamoat harakati tomonidan kiritilgan. U mamlakatda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan köp ötmay paydo böldi va maqsadlaridan biri sifatida «liberal mafkura tarğiboti» va «Ğarbning Gruziyani uruşga tortiş istagi»ga qarşi kuraşni belgiladi. Qonun loyihalarini «Xalq kuçi» bilan birgalikda parlamentdagi örinlarning mutlaq köpçiligiga ega bölgan «Gruziya orzusi» hukmron partiyasi qöllab-quvvatladi.

















