Suhbat çoğida xalqaro yuk taşiş, tranzit, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, “Osiyo – Markaziy Osiyo – Yevropa” yönalişida yangi transport yölaklaridan foydalaniş böyiça hamkorlikni yanada kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Yaponiya va Osiyo-Tinç okeani mintaqasi mamlakatlarini Markaziy Osiyo bilan boğlaydigan yangi muqobil transport yölaklarini örganiş va taşkil qilişga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakat transport parkini modernizatsiyalaş, xalqaro yuk taşiş jarayonlarini raqamlaştiriş va respublikada yangi logistika markazlarini yaratişga Yaponiyaning yetakçi kompaniyalari sarmoyalarini jalb qiliş istiqbollari muhokama qilindi.
Takafumi Nakay ikki tomonlama investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy şeriklikning barqaror ösişini közlab ikki davlatning özaro boğliqligini mustahkamlaş böyiça yangi amaliy takliflarni amalga oşiriş doirasida hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyor ekanligini ta’kidladi.

















