Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi (IIBB) yapon komikslaridan birining qahramonlaridan ilhomlangan «Ryodan» xalqaro yoşlar harakati haqida ota-onalarni ogohlantirdi. Idora bu harakatning muxlislari yurtimizda ham borligi haqida xabarlar olgan.
Qayd qilinişiça, «Ryodan» yapon animatsiya san’ati muxlislari tomonidan taşkil etilgan bölib, dastlab ösmirlarni qiziqişlari böyiça birlaştirişni maqsad qilgan. Bolalar sevimli qahramonlarni muhokama qilib, ularga öxşaşga intilib, orqasida örgimçak rasmi hamda 4 raqami bölgan katakli şim va futbolkalarni kiyib olişgan.
Biroq, vaqt ötişi bilan harakatdan yangi yönaliş ajralib çiqib, ular içida bir qator tajovuzkor şaxslar paydo bölgan. Ular hududdagi vaziyatni beqarorlaştiriş, ösmirlarning «töliq şakllanmagan dunyoqaraşiga ta’sir ötkaziş» orqali ularni nazorat qilişni maqsad qilib olgan. Buning oqibatida, tarmoqdagi begona şaxslarning buzğunçi şiorlari ta’siriga berilib ketgan bolalar jamoat joylarida töplanib, ommaviy tartibbuzarliklarni uyuştira boşlagan.
Ayni paytda «Ryodan» harakati tomonidan uyuştirilgan bunday holatlar Rossiya, Ukraina, Belarus va boşqa davlatlarda qayd etilgan. Janjallar iştirokçilarning turli darajadagi tan jarohati olişi, mulkka zarar yetkazilişi, köplab ma’muriy va jinoiy işlarning qözğatilişiga olib kelgan.
«Biz yurtimizda bunday oqibatlarning oldini olişimiz kerak. Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga e’tiborli böling, ularning qiziqişini örganing, ayniqsa submadaniy qiziqişlariga befarq bölmang», deyiladi xabarda.
Toşkent şahar IIBB bolalarning anime va mangaga bölgan qiziqişini qoralab bölmasligini, lekin, bu qiziqiş tufayli noma’lum şaxslarning ta’siriga tuşib qolmayotganiga, virtual dunyoni haqiqatdan ajrata oliş qobiliyatini yöqotmaganiga işonç hosil qilişni söramoqda.
«Farzandlaringiz hayotiga, ularda keçayotgan özgarişlarga befarq bölmang: ular bilan döstona munosabatda böliş orqali qiziqişlarini, iştiyoqini muhokama qiling, şu yöl bilan ularning fikrini örganasiz va ularda bölayotgan özgarişlarni seziş imkoningiz oşadi», deyiladi xabarda.

















