MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan 26 yoşli taniqli vayner va bloger Farxod Mannopov 5 martga ötar keçasi vafot etgani haqida xabar bergandik. Bir neça kun oldin basseynda suziş jarayonida burnini sindirib olgan bloger plastik operatsiya qildirmoqçi bölib jarrohlik stoliga yotgan, biroq amaliyot vaqtida komaga tuşib qolib, öziga kelmagani aytilgandi.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinovning ma’lum qilişiça, blogerning ölimi böyiça Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv doirasida şifokorlarning xatti-harakatlari böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan.
“Farhod Mannopovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat işi qözğatilganligi, iş doirasida şifokorlar uşlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga töğri kelmaydi”, deyiladi Boş prokuraturaning bayonotida.
Internetda Farhod Mannopov hayot bölgan vaqtda olingan sönggi videolar tarqalmoqda. Ularning birida u poytaxtdagi xususiy klinikalardan biriga plastik operatsiya uçun borgani, operatsiyadan keyin qiyofasi qanday köriniş kasb etişi namoyiş etiladi. Videoda şifokorning fikrlari ham keltirilgan bölib, u 20 daqiqa davom etişi rejalaştirilgan jarrohlik amaliyoti davomida qanday kamçiliklar bartaraf etilişi haqida ma’lumot bergan.
Eslatib ötamiz, Farhod Mannopovning Instagram'da 1,2 mln obunaçisi bor edi. Mediamakonda baçkanalikdan yiroq, xalqçil satirasi bilan tilga tuşgan vayner Kun.uz’ning SUBeKTIV loyihasi mehmoni bölgandi.

















