Internetda Samarqand viloyati Bulunğur tumanidagi maktablarning birida bolalarga siniq doskada dars ötilayotgani aks etgan surat tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, holat tumanning «Çöyantepa» MFY Möğil qişloğidagi 13-maktabda sodir bölgan. 13-umumta’lim maktabining 3 ta binosi mavjud bölib, 1- bino 1972 yilda qurilgan (ayni paytda omborxona sifatida foydalanadi), 2- bino 2005 yilda haşar yöli bilan (420 örinli) qurilgan, 3- bino esa 2018 yilda investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan (420 öringa ega 14 ta öquv xonalari mavjud).

Maktab 2021 yilda joriy ta’mirdan çiqqan bölib, ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan doska darz ketgan surati maktabning fizika fani öqituvçisi tomonidan 3 mart kuni muammoni bartaraf etiş maqsadida maktab öqituvçilari guruhiga yuborilgan.

«Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almaştirilgan», deyiladi xabarda.