Ammo institut ekspertlari xulosasiga köra, Rossiya armiyasi ukrainalik harbiylarni çekinişga majbur qilolmagan, yaqin orada ruslar şaharni örab olişini ham kutiş örinsiz.
Ukraina tomoni Baxmut şarqidagi öta murakkab hududlardan kuçlarni nazoratli olib çiqiş uçun qulay şaroit yaratişga intilmoqda, ammo ukrainaliklarga Baxmutdan çekiniş topşiriği berilgani haqida ma’lumot yöq. Institut tahlillariga köra 4 mart kuni Rossiya kuçlari oldinga siljigan, vagnerçilar oxirgi bir neça kunda muvaffaqiyatli aylanib ötiş taktikasi sabab Baxmut şimoli-şarqida ham oldinlagan.
Ukraina hukumati Baxmutdagi vaziyat hamon nazoratda ekanini ta’kidlaş bilan birga, şahardagi holat tobora qiyinlaşib borayotganini tan olmoqda. Çunki «Vagner» oxirgi vaqtlarda Baxmut bosqiniga eng yaxşi tayyorlangan jangçilarini yubormoqda.
Rossiya Baxmut yönalişida oxirgi vaqtlarda muvaffaqiyatga erişa olmayotgandi. Oxirgi kunlardagi siljişga qaramay, ruslar şaharni örab olişi yoki şaharni kuç bilan egallab olişi haqida gapiriş asossiz.
Institut tahlillariga köra, ruslar Ukraina armiyasining aloqa çiziqlariga yaqin kelişga muvaffaq bölgan va şaharga yangi kuç taşlanişiga xalaqit beriş imkonini qölga kiritgan. Ruslarning bu taktikasi orqali raqibni tayyorlangan mudofaa çiziqlaridan çekinişga majbur qiliş mumkin.
Rossiyaning asosiy maqsadi Baxmutni örab oliş va bu orqali köproq ukrainlarni asir oliş yoki öldiriş. Biroq Ukraina armiyasi qurşovda qolgandan çekinişni afzal körişini jangdagi manyovrlar orqali sezdirgan. Institut ekspertlari Ukraina armiyasining çekiniş imkonini qurşovda qolişdan köra ança yuqori deb bilişmoqda. Şuningdek, ular Ukraina xohlasa va qattiq harakat qilsa, Baxmutni saqlab qolişi mumkinligini çamalagan.
Ekspertlar hisob-kitobiga köra, Rossiya Baxmut yönalişida juda katta yöqotişlarga uçramoqda. Tahlilçilar Ukrainada Baxmutdagi ruslarning köproq kuçlarini yöqotiş istagi mavjud ekaniga işora qilgan. Ularning fikriça, Ukraina köproq duşmanni öldiriş istagi va çekinişga olib keladigan tavakkal örtasidagi balansni topişi kerak.


















