Amir hoji bobo:

— Afğonistonda tuğilib, 30 yil yaşaganman öşa yerda. Bu yerga kelganimizga 40 yildan oşdi. Asosan dehqonçilik, savdo bilan şuğullandik. Qarindoşlarimiz Surxondaryoda qolgan. Biz kelgan paytlar özbeklar bölmagan bu yerda. Turgut Özal olib kelgan edi bizni. Uy-joy qilib berişdi, yer berişdi.

Uç qizim, bitta öğlim — törtta farzandim bor. Kelin oldim turklardan. Bizlardan turklar kelin oladi. Oldi-berdimiz bor. Turkiyaning har yerida özbeklar bor, ular bilan gaplaşib turamiz.

Töylarimiz xuddi Özbekistondagiday böladi. 300-500 odam böladi töyda. Töydan oldin belgili (unaştiruv) qilib qöyilib, bir yildan keyin töy böladi. Töy kuni qöşiqçilar olib kelinadi, özimizning özbek qöşiqçilar bor.

Abduraşid Xonniyoz:

— Afğonistondan Saudiya Arabistoniga borib, 38 yil yaşadik, 4 yildan beri Turkiyadamiz. Qarindoşlarimiz Surxondaryoda, Dehqonobodda bor.

Afğonistonda 3 yil askarlik qildim. Inqilob bölgaç, Saudiya Arabistoniga bordik. Farzandlarimning barçasi öşa yerda tuğildi. Saudiya hukumati köp talablar qöydi, şuning uçun Turkiyaga keldik. Saudiyada ham özbek mahallalari bor. U yerda arablar qançadir özbekni kafolatiga oladi, har xil işlar bilan şuğullanişadi.

Boşida Afğonistondan Saudiyaga ötib, 8 yil qoçib yurib işladim. Söng Pokistonda 6 oy yaşab fuqaroligini oldim. Yana Saudiyaga bordim, 5 yil tanişimizning dökonida işladim, keyin özim dökon olib 22 yil işladim. Hozir arab, urdu, turk, puştun tillarini bilaman.

Qarindoşlarimiz bölgani uçun Ovakentga kelganmiz. Bir qizim Anqarada yaşaydi hozir. Bu yerda aholi çorva qiladi, kunlik işlarda işlaydi, ayollar tikuvçilik qiladi.

Abdulatif Aranji:

— Turkiyada tuğilganman. 1982 yilda kelgan ekan otalarimiz. Bobolarimiz Surxondaryoning Denov tumanidan bölgan. Hali ham amakilarimiz bor Özbekistonda. Özim şu yerda öqidim katta böldim, armiyaga bordim. 2010 yilda Saudiya Arabistonidan uylanganman, u yerda ham qavmlarimiz bor.