«Mening nuqtayi nazarimga köra, Putin bu bosqin va imperialistik agressiya bilan muvaffaqiyat qozonmasligini tuşunişi kerak, u öz qöşinlarini olib çiqib ketişi kerak. Bu muzokaralar uçun asosdir», - dedi Germaniya hukumati rahbari.
Ukraina annexia qilingan Qrimni yoki Donbassning bir qismini qaytarmasligini tan olgan holda uruşni tugatuvçi kelişuv böladimi, degan savolga Şols Ukraina tomonisiz heç qanday qaror qabul qilinmaydi, deb javob berdi.
«Biz ular uçun qaror qabul qilmaymiz. Biz ularni qöllab-quvvatlaymiz», dedi u.
Bundan oldin AQŞ prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Şols 3 mart kuni Oq uyda uruşda Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça muzokara ötkazdi.
Şolsning sözlariga köra, Ukrainaga «biz uni qança vaqt kerak bölsa, şunça vaqt qöllab-quvvatlaşda davom etamiz» degan signal yuboriş muhim.
AQŞga taşrifi çoğida Germaniya kansleri nemis va ingliz tillarida Twitter'da şunday deb yozdi: «Yetakçiligingiz va döstligingiz uçun taşakkur, Jo! Vaşingtonga yana bir bor qaytganimdan xursandman. Transatlantik koordinatsiyamiz har doimgidek kuçli va qat’iy. Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaymiz, biz Ukraina uçun erkinlik va tinçlikni xohlaymiz».


















