Prezident Özbekiston ayollarini bayram bilan tabrikladi
|19:46 / 07.03.20238 96211 min
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Xalqaro kongress markazida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi. Özbekiston prezidenti marosimda nutq sözladi.
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Dilbar qizlarim!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Özbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod etaman. Barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Biz bu qutluğ bayramni doimo orziqib, katta quvonç va hayajon bilan kutamiz. Çunki bu şukuhli ayyom yurtimizga yaşariş va yangilaniş faslini – fasli navbahorni boşlab keladi. Bu bayram dilimizdagi siz, azizlarga bölgan samimiy hurmat va ehtiromimizni, mehru muhabbatimizni yana bir bor ifoda etişga imkon beradi.
Bugun har birimiz çeksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk möjizasi bölgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz şa’niga eng gözal sözlarni aytişimiz tabiiydir.
Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uçun sizlardan bir umr qarzdormiz.
Yangi Özbekistonni barpo etişda, Uçinçi Renessans bunyodkori bölgan yoş avlodni tarbiyalaşda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.
Qadrli opa-singillar!
Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga oçiq mamlakatni barpo etişda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qöşayotganini albatta yuksak qadrlaymiz.
Şu borada faqat ayrim raqamlarni keltirib ötişga ruxsat bergaysiz.
Hozirgi vaqtda yurtimizda fidokorona mehnat qilayotgan hurmatli ayollarimizning uluşi tibbiyotda – 77 foizni, ta’lim sohasida – 74 foizni, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida esa 46 foizni taşkil etmoqda.
Agar 2017 yilda xotin-qizlarning boşqaruv sohasidagi uluşi 27 foiz bölgan bölsa, bugungi kunda 33 foizga, siyosiy partiyalar safida 40 foizdan – 47 foizga, tadbirkorlikda 21 foizdan – 37 foizga yetdi.
Bilimli, taşabbuskor va faol ayollarimizdan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat taşkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a’zolari hamda mahalliy kengaşlar deputatlarining 25 foizi xotin-qizlar ekanini ta’kidlaş lozim.
Mavzuga oid
Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uçun ayollarimizdan 17 nafari eng oliy mukofot – “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlarimiz orasida 5 nafar akademik, oliy ta’lim muassasalarining özida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, şuningdek, “Özbekiston xalq şoiri”, “Xalq artisti”, “Xalq öqituvçisi” va boşqa faxriy unvonlarga sazovor bölgan köplab ayollarimiz bor.
Bunday jonkuyar opa-singillarimizni Yangi Özbekistonning oltin fondi, desak, har tomonlama töğri böladi.
Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Mamlakatimizda xotin-qizlarning hayot va mehnat şaroitlarini yaxşilaş, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Şu maqsadda ötgan yili 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 233 mingdan köproq ayollarga 4 trillion 700 milliard söm kredit ajratildi. 252 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka öqitildi.
Xabaringiz bor, biz xalqimiz, ayniqsa, opa-singillarimizni köpdan buyon qiynab kelgan uy-joy muammosini yeçiş maqsadida katta dasturlarni amalga oşirmoqdamiz. Agar 2017 yilda mamlakatimiz böyiça qariyb 8 ming kvartirali 191 ta köp qavatli uy-joy qurilgan bölsa, ötgan yili – şunga e’tibor berişingizni sörayman – 56 ming kvartirali 1433 ta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda esa yana 90 ming xonadon uçun turar-joylar quriladi.
Ötgan yili 14 mingga yaqin opa-singillarimizning uy-joy şaroiti yaxşilandi, qariyb 7 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara tölovlari qoplab berildi.
Mana şunday ezgu işlarimiz orqali qança xonadonlarga quvonç va şodlik kirgani, qança-qança odamlarning hayot darajasi va sifati tubdan özgargani, minglab ayollarimizning ruhi kötarilib, ularning ertangi kunga işonçi mustahkamlangani biz uçun eng muhim natijadir.
Sönggi yillarda “Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar amalga oşirilmoqda. Qisqa muddatda salkam 642 ming nafar opa-singillarimizga amaliy yordam körsatilgani bu boradagi işlarimiz kölamidan dalolat beradi.
Xotin-qizlar salomatligini asraş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, milliy genofondni yaxşilaş maqsadida ötgan yili 9 million nafar ayol tibbiy körikdan ötkazildi. Ularning 3 milliondan ziyodi ambulator, 347 ming nafari esa statsionar şaroitda davolandi.
Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olişiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, “Onalar – butun başariyatning tarbiyaçilaridir”.
Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz öqib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bölsa, xonadondagi muhit butunlay özgaradi. Biz şu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qöllab-quvvatlaş böyiça muhim dasturni qabul qildik.
Qiyoslaş uçun bir misol keltirmoqçiman.
Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bölsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar köpayib, 500 ming nafarni taşkil etmoqda. Bu borada qizlarimizning uluşi 50 foizga yetgani tariximizda misli körilmagan natijadir.
Yangi tartibga muvofiq, magistraturada öqiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uçun 68 milliard sömdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan tölab berildi. 65 mingdan köproq talaba xotin-qizlarga 727 milliard sömga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Ehtiyojmand oilalarda yaşayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, şuningdek, mutaxassisligi böyiça beş yillik mehnat stajiga ega bölgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida öqişga qabul qilindi.
Dunyoda çuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi kunda, qançalik qiyin bölmasin, zarur mablağ va imkoniyatlarni topib amalga oşirayotgan bunday sa’y-harakatlarimiz albatta öz natijasini beradi. Oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, maşhur madaniyat va san’at, sport namoyandalari yetişib çiqadi, deb işonaman.
Aziz opa-singillar!
Keyingi yillarda Özbekiston xotin-qizlarining ovozi xalqaro minbarlardan ham dadil yangrayotgani barçamizni quvontiradi. Ular mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar, nufuzli forum va anjumanlarda faol iştirok etayotganidan xabaringiz bor.
Bu haqda söz yuritganda, mamlakatimiz taşabbusi bilan 2020 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollari muloqotiga asos solinganini ta’kidlaş lozim. Ötgan yili esa Toşkentda Şanxay hamkorlik taşkilotining Xotin-qizlar forumi bölib ötdi. Bularning barçasi xotin-qizlar muammolarini mintaqa va xalqaro miqyosda muhokama qiliş, ularni hal etiş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari suriş imkonini bermoqda.
Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda iştirok etayotgan, ana şunday sa’y-harakatlarimizni qöllab-quvvatlab kelayotgan xorijiy davlatlarning hurmatli elçilari va xalqaro taşkilotlar vakilalarini ham samimiy qutlayman. Barçamiz çin dildan ularning mamlakatlari va xalqlariga tinçlik va farovonlik tilaymiz.
Qadrli vatandoşlar!
Şu örinda könglimdagi bir ezgu fikrni siz, azizlarga aytişni joiz deb bilaman.
Biz Özbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening köz öngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dardu taşvişlari turadi.
Siz, azizlarimning oila davrasida tinç-omon, soğ-salomat, farovon va baxtli turmuş keçirişingiz, jamiyat hayotida faol iştirok etişingiz uçun xizmat qilişni men özim uçun nafaqat asosiy vazifa, balki şarafli burç, deb bilaman. Çunki oila tayançi, jamiyat ustuni bölgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bölsa, butun xalqimiz hayotdan rozi böladi. Xalq rozi bölsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi böladi.
Xabaringiz bor, respublika xotin-qizlar taşkiloti hozirgi vaqtda Oila va xotin-qizlar qömitasi sifatida yangiça mazmunda faoliyat körsatmoqda. Qömitaning vakolat va faoliyat doirasi kengaytirilib, uning tarkibiga bilimdon va yuqori malakali yangi kadrlar jalb etildi. Jumladan, birinçi marta eng quyi böğinda – 9 ming 400 dan ziyod mahallada ayollar muammolarini hal etişga kömaklaşadigan xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etildi.
Bularning barçasi Oila va xotin-qizlar qömitasini Özbekiston ayollarining çinakam tayançi va suyançiga aylantirişga xizmat qiladi.
Muhtaram vatandoşlar!
Ma’lumki, turli sohalarda dastlabki muhim natijalarga erişib, yoşlarimizga namuna bölayotgan iste’dodli qizlarimizni şu qutluğ bayram arafasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlaş yaxşi an’anamizga aylangan. Bugun Zulfiyaxonimga munosib izdoş sifatida e’tirof etilgan yana 28 nafar oqila va iste’dodli qizlarimizga ana şu mukofotlarni topşiramiz.
Siz, aziz qizlarimni hayotingizdagi ilk zafar bilan çin dildan tabriklab, barçangizga yangi-yangi yutuqlar tilayman.
Bugungi xursandçilik kunda öz sohasida ibratli natijalarga erişgan, davlat va jamiyat hayotida faol iştirok etib, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşib kelayotgan hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallariga sazovor böldilar.
Fursatdan foydalanib, ularning barçasini samimiy tabriklayman.
Aziz va qadrli vatandoşlar!
Bugungi öta oğir va murakkab zamonda biz öz oldimizga ulkan vazifalarni qöymoqdamiz. Ularni bajariş albatta oson bölmaydi. Lekin, bu şarafli yölda bizga çeksiz kuç va madad beradigan mard va olijanob xalqimiz, muhtarama onalarimiz, aziz opa-singillarimiz bor ekan, közlagan uluğ maqsadlarimizga albatta yetamiz.
Yangi Özbekistonni barçamiz birgalikda bunyod etamiz!
Sizlarga, butun mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.