Minsk şahar sudi Svetlana Tixanovskayani 15 yilga, Pavel Latuşkoni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi BelTA.
Tixanovskaya, sud qaroriga köra, jazoni umumiy rejimli koloniyada ötaşi kerak. Şuningdek, u 800 bazaviy körsatkiç (qariyb 127 mln söm) miqdorida jarimaga tortildi.
Latuşko 5 yil muddatga taşkiliy, ma’muriy va xöjalik vazifalarni bajariş bilan boğliq lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilindi.
«Belarus muvofiqlaştiruvçi kengaşi» işi böyiça sudlangan barça ayblanuvçilar, jumladan Mariya Moroz, Olga Kovalkova va Sergey Dilevskiy davlat hokimiyatini konstitutsiyaga zid yöl bilan egallab oliş maqsadida fitna uyuştiriş, ekstremistik tuzilmani yaratiş va bunday tuzilmaga rahbarlik qiliş, davlat hokimiyatini egallab olişga va Belarus milliy xavfsizligiga zarar yetkazişga qaratilgan boşqa harakatlarni amalga oşirişga ommaviy çaqiriqlar, şu jumladan Belarusga, respublikaning jismoniy va yuridik şaxslariga nisbatan çeklov çoralarini (sanksiyalarini) qöllaş, bunday murojaatlarni öz içiga olgan materiallarni tarqatiş, ijtimoiy nafrat va nizo qözğatişda aybdor deb topildi.
Bundan taşqari, Tixanovskaya davlatga xiyonatda, Latuşko esa hokimiyatni suiiste’mol qiliş va katta miqdorda pora olişda ayblangan.
Hukm qonuniy kuçga kirmagan, apellyatsiya şikoyati va protest keltirilişi mumkin.
Sudlanuvçilarning barçasiga sirtdan hukm çiqarildi. Ular hozirda Belarusni tark etgan.
Svetlana Tixanovskaya sud hukmini izohlar ekan, öz siyosiy faoliyatini davom ettirişini ma’lum qildi.
«Ular «hukm» orqali menga nima demoqçi ekani haqida öylamayapman. Biz hukm yoki hukmsiz öz işimizni davom ettiramiz. Men va demokratik kuçlar siyosiy mahkumlarni ozod qiliş va davlatimizni demokratik özgarişlarga olib keliş uçun harakat qildik va bundan buyon ham harakat qilamiz», dedi u.

















