Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda harbiy asirning qatl etilishi aks etgan rezonansli video paydo bo‘ldi.
«Halok bo‘lganlar va ularning oila a’zolari, birinchi navbatda, hurmat qilinishi kerak», — deb yozdi mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Facebook’da.
U «ijtimoiy tarmoqlar va odoblilik bir-biriga mos kelmasligini» ta’kidlab, marhumning shaxsi rasman tasdiqlanguncha kutishga chaqirdi.
Zo‘ravonlik sahnasi aks etgan kadrlar telegram-kanallarda 6 mart kuni kunduzi paydo bo‘ldi.
Videoda harbiy formadagi kishi o‘rmonda turadi va chekadi. Kadr ortidagi ovoz aytadi: «Tasvirga ol», va kamera ko‘tariladi. Askar shunday deydi: «Ukrainaga shon-sharaflar». Keyin uni o‘qqa tutishadi va u qulaydi. Kadr ortidagi ovoz rus tilida so‘kinadi.
Bu video qachon va qayerda yozilgani ma’lum emas.











