Dam oliş kunlari Xitoyda an’anaviy «ikki» sessiya oçildi. Bular bir paytda boşlanuvçi, ammo qöşma bölmagan Xitoy xalq siyosiy maslahat kengaşi s’yezdi va Butunxitoy xalq vakillari yiğilişi qurultoyidir. Uşbu yiğinlarda allaqaçon harbiy xarajatlarni oşiriş va nisbatan past körsatkiçlar közlangan iqtisodiy reja e’lon qilindi. Endi esa muhim rasmiyatçilik ötkaziladi — Si Jinping davlat rahbari sifatida tasdiqlanadi.
Xitoy xalq siyosiy maslahat kengaşi (XXSMK) maslahat organi, Butunxitoy xalq vakillari yiğilişi (BXVY) esa qonun çiqaruvçi organ hisoblanadi. BXVY şunçaki partiya va hukumatning qonunçilik taşabbuslarini tasdiqlovçi tuzilma bölsa-da, aslida u sof nominal parlamentdir.
XXSMK sessiyasi 4 mart kuni, BXVY sessiyasi esa 5 mart kuni boşlandi. Har ikki s’yezd taxminan ikki hafta davom etişi kutilmoqda.
Hokimiyatni mustahkamlaş

Si Jinping 2022 yilning oktyabr oyida bölib ötgan partiya qurultoyida Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) boş kotibi va harbiy komissiya raisi etib uçinçi beş yillik muddatga saylanganidan beri birinçi marta BXVY sessiyasi ötkazilmoqda.
Si Jinpingning uçinçi marta saylanişi uzoq yillardan beri davom etayotgan heç bir partiya yoki davlat rahbari ikki muddatdan ortiq işlamasligi an’anasiga barham berdi. 2018 yilgi BXVY yiğilişida qonunçilar prezidentlik muddati çeklovini bekor qilişni ma’qullaşdi, bu esa Si Jinpingga hokimiyatda umrbod qoliş imkoniyatini berdi.
Bu safar xalq vakillari Si Jinpingni prezident sifatida tasdiqlaydi va şu tariqa uning mamlakat ustidan nazoratini mustahkamlaydi. Bundan taşqari, prezident tarafdorlari orasidan yangi boş vazir, moliya sektori va markaziy bank rahbarlari ham tayinlanişi kutilmoqda.
Xitoy rahbarining eng yaqin ittifoqçilaridan biri bölmiş Li Tsyan yangi boş vazir bölişi deyarli aniq. U XKPning Şanhay şu’basi kotibi bölgan. Tsyan bu yerda 2022 yil noyabr oyida misli körilmagan norozilik harakatlarini keltirib çiqargan pandemiya paytidagi karantin qoidalarini nazorat qilgan.



















