«Bugun kuraş boşlandi. Aytişimiz mumkinki, bir neça soatdan keyin kuraşga barça kasb vakillari qöşiladi, şunda butun mamlakat töxtaydi. Mamlakatimiz hayotida hal qiluvçi rol öynaydigan köplab tarmoqlarda iş taşlaş davom etmoqda, bu yana uzayişi mumkin. Biz ertaga va undan keyingi kun juda şiddatli va adolatli ijtimoiy safarbarlik kunlari bölişini kutamiz», dedi «Böysundirilmagan Fransiya» partiyasining sobiq deputati Jan-Lyuk Melanşon.

Kasaba uyuşmalari rahbarlari juda qat’iy. Bir kun avval ulardan biri Emmanuel Lepen iş taşlaşlardan maqsad «Fransiya iqtisodiyotini tiz çöktiriş» ekanini aytdi.

Iş taşlaşlar fonida mamlakatda dastlab köça namoyişlari boşlandi. Kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi butun Fransiya böylab 260 ta aksiya ötkazişni rejalaştirmoqda, ular millionlab odamlar iştirok etişini kutmoqda. Biroq, politsiya hisob-kitoblariga köra, köçalarga 1,1 milliondan 1,4 milliongaça odam çiqişi kutilyapti.

Fransuz kasaba uyuşmalari a’zolari Fransiyadagi barça neftni qayta işlovçi zavodlardan çiqiş yöllari tösib qöyilganini ma’lum qilişgan. Foto: AFP

Iş taşlaşlar uçun eng zaif va Fransiya iqtisodiyoti uçun muhim bölgan narsa bu Total va Esso-ExxonMobil kabi kompaniyalarga tegişli sakkizta neftni qayta işlaş zavodlaridan yonilği yetkazib berişdir.

Seşanba kuni ertalab Umumiy mehnat konfederatsiyasi (CGT) kasaba uyuşma a’zolari neftni qayta işlaş zavodlarining barça eşiklari tösib qöyilgani va yoqilği ta’minotini butunlay töxtab qolganini e’lon qildi.

Seşanba kungi iş taşlaşlar jamoat transporti faoliyatida jiddiy sezildi. Foto: Reuters

Bu Fransiyada yanvar oyidan beri beşinçi bir kunlik iş taşlaşdir. Kasaba uyuşmalari 2030 yilgaça pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga kötariş haqidagi qonun loyihasini qaytarib olişni talab qilmoqda. Hukumat avvalroq qonun loyihasida taklif qilinganidek, pensiya yoşini 65 emas, 64 yoşga tuşirişga va har bir kişi uçun eng kam pensiya miqdori 1200 yevro bölişini kafolatlaşga rozi bölgan edi.

Emmanuel Makronning saylovoldi platformasiga asos bölgan yangi qonun loyihasi prezident uçun nihoyatda muhim va hukumat uni qaytarib olmoqçi emas. Makronni qöllab-quvvatlayotganlar kam: saylovdagi ğalabadan keyin ovoz berganlarning köpçiligi uni faqat hokimiyatda öng qanot yetakçisi Marin le Penni körişni istamagani uçun qöllab-quvvatlaganini tan olgan. Buni hatto Makron ham tan olgan. Bunday vaziyatda qonun loyihasini qaytarib oliş prezident uçun ikkinçi muddatining erta tugaşiga teng böladi.