AQŞ Florida ştati, Kanaveral burni kosmodromidagi uçiriş maydonçasida Amerikaning Relativity Space kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Terran 1 raketasi örnatildi va sinovdan ötişga tayyor. Bu deyarli töliq 3D printerda bosib çiqarilgan tarixdagi birinçi raketadir.

Kompaniya bayonotida aytilişiça, Terran 1 orbital parvozga tayyor bölgan eng katta 3D bosma obektdir.

Raketa startini real vaqtda YouTube tarmoğida kuzatiş imkoniyati bor.

Raketa uzunligi taxminan 35 metr va oğirligi atigi 10 tonnani taşkil etadi, bu uni sanoatdagi eng kiçik orbital raketalardan biriga aylantiradi. Biroq, Terran 1 va boşqa şunga öxşaş transport vositalari örtasidagi asosiy farq şundaki, raketaning 85 foizi, şu jumladan metan va suyuq kislorod aralaşmasida işlaydigan Aeon dvigatellari töliq 3D printerda çop etilgan qismlar va komponentlardan iborat. Kompaniyada ta’kidlaşlariça, şu sababli raketa qismlari soni an’anaviy usulda yiğilgan qurilmalarga qaraganda 100 barobar qisqardi.

U oğirligi 1250 kg bölgan yuklarni Yerning pastki orbitasiga olib çiqişga qodir va har bir parvoz 12 million dollar turadi.

Taqqoslaş uçun, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegişli Falcon 9 raketasining har bir parvozi uçun NASA 67 mln dollar tölaydi. Ammo Falcon 9 fazoga 22 tonnagaça yukni olib çiqadi.

Terran 1 raketasining birinçi parvozi yuksiz amalga oşiriladi. Agar u orbitaga muvaffaqiyatli kötarila olsa, parvozni muvaffaqiyatli deb hisoblaş mumkin. Kemani Yerga qaytariş baribir rejalaştirmagan.

Odatda, yangi raketani uçirişdan oldin «yakuniy sinov» ötkaziladi. Unda dvigatellar töliq quvvatda işga tuşiriladi, lekin raketa uçiş maydonçasiga mahkam örnatiladi. Biroq, Relativity Space rahbariyati uşbu sönggi sinovni ötkazmoqçi emas. Kompaniya buni raketa qismlarini ayaş bilan izohlamoqda.

«Biz qöşimça sinovlar orqali raketa qismlari eskirişini istamaymiz. Agar barça tizimlar kutilganidek işlasa, uni darhol fazoga uçirgan ma’qul», dedi kompaniya vakili.

Kelajakda Relativity Space Oyni, keyin esa Marsni tadqiq qilişda faol iştirok etiş niyatida.

Terran 1 bunday ambitsiyali maqsadlar uçun mos emas, çunki qurilma juda kiçik va takroran foydalaniş uçun yaroqsiz. Biroq, u bilan parallel ravişda, kiçik raketani prototip sifatida işlatib, kompaniya yirikroq loyihani ham işlab çiqmoqda. U – qayta foydalaniş mumkin bölgan raketa.