Eng yangi Falcon Heavy raketa-taşuvçisining birinçi parvozi 6 fevralda amalga oşirilişi belgilandi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask ma'lum qildi.
“Falcon Heavy raketasining birinçi parvozini 6 fevralda Kanaveral burnidagi “Apollon” 39A maydonçasidan amalga oşirmoqçimiz”, deb yozgan Mask tvitterda.
25 yanvarda SpaceX raketani öt oldiriş sinovini ötkazdi. Bundan avval sinov ikki marta bekor qilingan. Kompaniya odatga köra parvozdan bir neça kun oldin öt oldiriş sinovini ötkazadi.
Falcon Heavy raketasi Falcon 9 raketasi negizida qurilgan, uning birinçi poğonasi markaziy qismida 9 ta va yon tomondagi tezlaştiruvçi bloklarda 2 tadan, jami 27 ta Merlin 1D dvigateli bilan jihozlangan.

















