Raketa 8 mart kuni Florida ştatidagi Kanaveral burnida joylaşgan maydondan uçirilişi kerak edi. Birinçi sinov parvozi yuksiz amalga oşirilişi lozim edi. Ammo parvoz 11 mart kuniga qoldirildi.
Raketaning texnik imkoniyatlari 1250 kg yukni Yerning pastki orbitasiga olib çiqiş imkonini beradi. Bunday raketada yoqilği sifatida metan va suyuq kislorod işlatiladi. Terran 1 raketasining birinçi va ikkinçi bosqiçlarining dvigatellari 3D texnologiyasidan foydalangan holda işlab çiqilgan.
Terran 1 asosçisi Relativity Space kompaniyasi şunday raketaning oğirroq versiyasi - oğirligi 20 tonnagaça bölgan yukni orbitaga olib çiqişga qodir bölgan, qayta foydalaniş mumkin bölgan Terran R loyihasini ham işlab çiqmoqda. Raketa qismlarining 95 foizi 3D texnologiyalari yordamida yasalişi rejalaştirilgan. Bunday raketaning ilk parvozi 2024 yilda amalga oşişi mumkin.

















