Indoneziya sudi tiqilinç oqibatida 174 kişi hayotdan köz yumgan futbol öyini taşkilotçisini hodisada aybdor deb topib, 1,5 yilga qamoq jazosiga hukm qildi.
Stadion xavfsizlik xizmati boşliği ham fojiada aybdor deb topilib, bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan taşqari, bir neça politsiyaçiga ham ayblov qöyilgan.
2022 yil 2 oktabr kuni Indoneziya çempionati doirasidagi «Arema» – «Persebaya» (2:3) öyini fojia bilan yakunlandi. Final huştagi yangragaç, mağlubiyatdan hafsalasi pir bölgan «Arema» muxlislari maydonga yugurib çiqib, ğalayon kötarişdi. Politsiya odamlarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz işlatdi (jumladan, şovqin granatalarini ham).
Stadionda tiqilinç yuzaga keldi. Dahşatli voqea oqibatida 174 kişi halok böldi va 180 kişi jarohatlandi. Bu sönggi 58 yil içida futbol bilan boğliq eng katta fojia böldi.
Indoneziyaning siyosiy, huquqiy va xavfsizlik masalalari böyiça koordinatori Muhammad Mahfudning aytişiça, öyin davomida stadion töla bölgan: 38 ming örindiqli stadionga 42 ming kişi kirgan.
Indoneziyadagi voqea 1964 yildan beri stadionlarda yuz bergan eng yirik falokat böldi. Öşa paytda Limadagi «Milliy» stadionda ötkazilgan Peru va Argentina olimpiya terma jamoalari örtasidagi öyindan keyin ham politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan edi. Muxlislar va politsiya örtasidagi otişmada 318 kişi halok böldi, yana 500 kişi jarohatlandi.

















