Mutaxassislar fikriga ko‘ra, «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojinning uning yollanma askarlari butun sharqiy Baxmutni egallab olgani haqidagi bayonoti mavjud vizual dalillarga mos keladi va hozirda shahar hududining kamida 50 foizi «vagnerchilar» nazorati ostida.
Shu bilan birga, ISW ta’kidlashicha, u Rossiya armiyasi Baxmutdan tashqarida oldinga siljish uchun yaxshi jihozlangan va o‘qitilgan zaxiralarga ega ekanligi haqida hech qanday ma’lumot topmagan.
Bundan tashqari, sharhda aytilishicha, Kreml o‘z nazorati ostida Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni orqali ko‘ngilli deb ataladigan yangi qurolli tuzilmani yaratishga harakat qilmoqda.












