Idora boşliğining sözlariga köra, Polşa bu yönalişda birgalikdagi harakatlarga tayyorligini bildirgan. Polşa tomonidan rasmiy tasdiq hali olinmagan. 

«Menimça, qaror qabul qiliş vaqti keldi», dedi Nad. «Ukrainada odamlar ölmoqda, biz ularga haqiqatan ham yordam bera olamiz», deya qöşimça qildi u hamda bu masalada siyosatga örin bölmasligi kerakligini ta’kidladi.

Bundan oldin Kiyevni birinçi navbatda AQŞ, Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvçi samolyotlari qiziqtiradi, deya ma’lum qilgandi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba.

«Şu paytgaça heç bir davlat qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş majburiyatini olmagan. Ammo Buyuk Britaniya kabi ba’zi hukumatlar ukrainalik uçuvçilarni Ğarb qiruvçilariga örgatişini e’lon qilgan, boşqalari esa tez orada buni amalga oşiradi», - dedi Kuleba. 

Unga köra, qiruvçilar duşman raketalarini urib tuşiriş orqali Ukraina havo mudofaasini qöllab-quvvatlaşi mumkin edi. Bundan taşqari, ular «qarşi hujum uçun» muhim ahamiyatga ega. «Birinçi navbatda, bizni AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvçi samolyotlari qiziqtiradi», dedi vazir hamda bu davlatlar «eng yuqori işlab çiqariş quvvatlari va eng yirik samolyot parklariga» ega ekanligini ta’kidladi.