Siyqasi çiqib ketgan, rostligiga şu gaplarni öylab topganlarning özi ham işonmaydigan quyidagi jumlalar bilan boşlanadi asar:
“... Har kuni Stalinning mana bu gapi «Pravda», «Izvestiya», «Komsomolskaya pravda» gazetalarida bosiladi: «SSSR – erksevar mamlakat. Dunyoda unga teng keladigan davlat ham, kuç ham yöq. Biz bunga birinçi galda Kompartiyamizning dono siyosati va uluğ rus xalqining yetakçiligida erişdik. SSSRda barça el, elat teng, tinç-totuv, tökis yaşayapti. Bu döstlikni dunyoda heç kim va heç qanday kuç buzolmaydi. Döstligimiz abadiy!”
Va yana bot-bot radiolarda, gazetalarda Amerika, Yevropa davlatlari haqida irqçilik, millatçilik avj olgani, ular SSSRni körolmayotgani haqida “zakaz” materiallar berib borilgani qöşimça qilinadi.
Asar yozuvçi tilidan bayon etiladi. Voqealar muallifning bolaligidagi körgan va uzoq vaqt aytolmagan dardlaridir. Asar geolog Habib Abdullayevning (metroning hozirgi “Şahriston” bekati şu olim nomida atalardi) şogirdi Oynurga şogird tuşib, u bilan boşidan ötqazgan oğir kunlari haqida sözlaydi.
Yozuvçining onasi uzoqni köra olgan, dunyoqaraşi keng ayol bölgani bois, öğliga bot-bot uqtirardi: “Bobong Ahmad Oqsoqol elni degani uçun, haqni degani uçun dorga ostirilgan. Tilingga ehtiyot böl. Hozir odam ortidan odam qöyilgan zamon. Butun kuçişlatar taşkilotlari, OAV Stalinning yaroği. Stalin şular bilan tirik. Lekin butun ellar zada, dunyo zada undan”.
Voqealar Boğdan qişloği, Uçquloç, Jizzaxning Foriş hududlari, Qizilqum makonlarida bölib ötadi. Oynur yoş Evril (yozuvçi)ning iqtidori borligini sezadi. Unga öşa davrning nohaqliklari, Qodiriy, Çölponlarning otilişiga nima sabab bölgani, turkiy xalqlarning nega parçalanib ketişi haqida tuşunçalar berib, “sen bir kuni bu haqiqatlarni kitob qilib yozişing kerak. Odamlar haqiqatni bilişi kerak”, deya fikr berib boradi.
Yozuvçi Oynur tilidan uning bobosi Erxon botir haqidagi rivoyatni ham asarga kiritadi.Unda Erxon botirning Turkistonni saqlab qoliş yölidagi jasorati, hatto Verenskiyga qarşi jang qilib, uni yengib yerlarni qaytib olişi, şuningdek, Çernyayev laşkarlarini yakson qilişi bayon etiladi. Erxon botir Qöqon xoni va boşqa xonliklardan birlaşişni istab, bir neça bora iltimos qilişlari bekor ketgani, oz sonli qöşin bilan Toşkentda 1865 yilda rus bosqinçilariga qarşi kuraşda halok bölişi voqealari Oynur tomonidan Evrilga aytilgan hikoya orqali kiritiladi. Bundan körinadiki, xonliklar parçalanişidan, mamlakat mustaqillikka erişgunga qadar bölgan davr voqealari muallif qalbiga hamişa iztirob solib kelgan. U bu voqealarni “aytiş mumkin bölgan davr” kelişini kutib yaşagan va bugun şu asar bizning qölimizda.














