Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy içida diplomatik munosabatlarni tiklaş va elçixonalar oçişga kelişib oldi. Bu haqda CNN Eronning IRNA davlat axborot agentligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, kelişuvga Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi rahbari Ali Şamxoniy saudiyalik hamkasbi Musaid bin Muhammad Al-Aybano bilan Pekindagi uç kunlik muzokaralar yakunlari böyiça erişilgan.
Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengaşiga aloqador Nour News naşri muzokaralardan olingan suratni çop etdi, unda Xitoy vakillari ham bor edi. Muzokaralar yakunida Eron, Saudiya Arabistoni va Xitoy qöşma bayonot imzoladi, uning matni xabarda e’lon qilindi.
Bayonot matnida qayd etilişiça, muzokaralar XXR raisi Si Jinping taşabbusi bilan «Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlarni kengaytiriş» maqsadida ötkazilgan.
Bayonotga köra, tomonlar diplomatik aloqalarni tiklaş, şuningdek köpi bilan ikki oy içida öz elçixonalari va diplomatik missiyalarini oçişga kelişgan. Elçilar almaşinuvi va boşqa tafsilotlar böyiça ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari alohida kelişib olişi kerak böladi.
- Ar-Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni 2016 yil yanvarida, Eron hukumati Saudiyadagi şialar voizi Nimr al-Nimrning qatlini keskin tanqid qilişi (u Saudiya monarxiyasini tanqid qilib kelardi) Eron poytaxtida esa Saudiya Arabistoni elçixonasiga öt qöyilişi ortidan uzgandi.

















