Rossiya qurolli kuçlari Ukraina janubidagi Xersonni öqqa tutdi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Aleksandr Prokudin Telegram’da yozgan.
Uning ma’lumotlariga köra, Mikolayivskiy şossesida uç kişi halok bölgan, ikki kişi jarohatlangan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida işlayotgani aytiladi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari Telegram’da yonib ketgan avtomobil va uning yonida yotgan jasadlar bilan otişma oqibatlari aks etgan kadrlarni joylaştirdi.
Bundan oldin, fevral oyi oxirlarida ham Rossiya qöşinlari Xersonni öqqa tutgandi.
Natijada beş kişi halok bölgan, yana 21 kişi jabrlangan. Zarbalar turar joylar, jamoat transporti bekati va muhim infratuzilma obektlariga kelib tuşgan.


















