Yevropa va Markaziy Osiyoda sönggi ikki yilda bolalarning ahvoli yomonlaşmoqda, bu öz joniga qasd qiliş holatlarining köpayişi, havo sifatining yomonlaşuvi va aholi örtasida tengsizlikning kuçayişida namoyon bölyapti. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNISEF) hisobotiga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Yangi hisobotda global pandemiya, tabiiy ofatlar va mojarolar uşbu muammolarni kuçaytirib, soğliqni saqlaş va ta’lim olişda tengsizlikka olib kelgani körsatilgan.

«Mintaqadagi yana bir muammo - bu maktab-internatlar va boşpanalarda yaşovçi bolalarning dunyoda eng yuqori körsatkiçidir. Şu bilan birga, uşbu muassasalarda nogironligi bölgan, nosoğlom oilalardan bölgan qizlar va öğil bolalar köp. Tibbiyotga kelsak, umuman olganda, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari çaqaloqlar va bolalar ölimi böyiça dunyoda eng past körsatkiçlarga ega. Ammo mintaqaning ba’zi hududlarida 5 yoşgaça bölgan bolalar ölimi dunyo böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori. Va bu ölimlarning yarmidan köpi oldini oliş va davolaş mumkin bölgan kasalliklar bilan boğliq», deyiladi hujjatda.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, COVID-19 pandemiyasi bolalarning muntazam emlanişini jiddiy ravişda buzgan, mintaqadagi mamlakatlarning 95 foizi emlaş qamrovi kamaygani haqida xabar bergan.

Oqibatda ikkinçi yil davomida viloyatda bir millionga yaqin bola rejali emlanmay qolgan.

«Pandemiya, şuningdek, bolalarning hissiy va ruhiy farovonligiga ta’sir qildi, Yevropa va Markaziy Osiyoda öz joniga qasd qilişlar soni sezilarli darajada oşdi», deyiladi hisobotda.

Yevropa va Markaziy Osiyodagi har beş boladan törttasi me’yordan ortiq ifloslangan havodan nafas olayotgani aniqlangan.

YUNISEF mintaqa davlatlarini qaşşoqlik va izolyatsiya xavfi ostidagi bolalari bor oilalarni işonçli ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimlarini joriy etişga çaqirmoqda.