Qöşma Ştatlar Kiyevga Qrimga qarşi hujum uyuştirişda yordam berişi mumkin. Şarhlovçi Stiven Brayyenning bu haqdagi maqolasini Asia Times naşr etdi. 

«Ukraina jiddiy tayyorgarlik körayotgan bahorgi hujum Kiyevda emas, balki Pentagonda rejalaştirilgan bölişi mumkin», deyiladi maqolada. 

Muallif Ukraina tomonidan yarim orolga hujum qiliş ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda. U AQŞ bu maqsadga erişiş uçun Kiyevga juda katta miqdordagi harbiy texnika berayotganiga e’tibor qaratdi. 

«Ayni paytda yana qança Amerika kemalari okeanda ekanligi yoki boşqa portlarga yetib borgani hozirça noma’lum. Ammo ma’lumki, NATO Ukraina hujumi boşlanişi bilanoq texnikalarni yuborişga tayyorlanmoqda», dedi Brayyen. 

U Vaşington Qrimdagi operatsiyalar uçun Kiyevga aviatsiya berişi mumkinligini oldi. Şarhlovçiga köra, AQŞ samolyotlariga Ukraina belgilari çizilişi, ammo ularni amerikalik yoki NATO uçuvçilari boşqarişini kutiş mumkin. 

Avvalroq AQŞ Davlat departamenti rahbari örinbosari Viktoriya Nuland Qrimdagi rus harbiy obektlari Ukraina uçun qonuniy nişon ekanini ma’lum qilgandi. Biroq, uning ta’kidlaşiça, yarim orol bilan işlaşdan oldin Kiyev boşqa «muhim hududlarni» qaytarişi kerak.