Farğona şahrida 14 yoşli öquvçi qiz özini 16 qavatli uyning tomidan taşlamoqçi böldi. Boş prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Xabarga köra, 14 yoşli qiz D.K. ögay otasi bilan janjallaşib qolgan. Buning oqibatida Farğona şahri Tarona köçasida joylaşgan 16 qavatli uyning tomiga çiqib olgan hamda u yerdan özini pastga taşlab, joniga qasd qilmoqçi bölgan.

Voqea  joyiga borgan Farğona şahar IIB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari D.K.ni tomdan soğ-omon tuşirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.