Ukrainada uruşning 381-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning ma’lum qilişiça, keng kölamli uruş boşlanganidan buyon Rossiya qöşinlari Ukraina böylab qariyb 7,5 mlrd dollarlik 821 ta qanotli va ballistik raketalar uçirgan.
  • «Mediazona» va BBC oçiq manbalar orqali uruşda halok bölgan 16 774 nafar rossiyalik harbiy ölimini tasdiqladi.
  • «Vagner» XHK yollanma jangçilar yollaş böyiça markazlar oçilgani haqida xabar berdi. «Taygi.Info» ma’lumotiga köra, Sibirda ular maktablar va sport klublarida joylaşgan.
  • Yevroittifoq Yevropa mahsulotlari importini oşirgan mamlakatlardan bu mahsulotlar Rossiyaga yetib bormasligini sinçkovlik bilan nazorat qilişni söradi.
  • Sankt-Peterburgda «Vse svobodny» kitob dökoni vitrinasiga öq uzildi. Unga şunday yozilgandi: «Miru — mir» (Dunyoga tinçlik).
  • Buyuk Britaniya Olimpiadaning yirik homiylarini Xalqaro olimpiya qömitasiga bosim ötkazib, Rossiya va Belarus sportçilari Parijdagi öyinlarda iştirok etişiga yöl qöyilmasligini ta’minlaşga çaqirdi.
  • Ukraina Rossiya bukmekerlik idoralariga sanksiya qölladi.

Baxmutga yöldoş şahar — Çasiv Yar öqqa tutilişi oqibatlari

Çasiv Yar — Baxmutdan ğarbdagi kiçikroq şahar bölib, 2022 yil fevraliga qadar bu yerda 12 ming atrofida odam yaşagan. 2022 yil iyulida şahar Rossiya kuçlari tomonidan yoppasiga öqqa tutilgandi