London asosiy mablağni yadroviy tiyib turiş kuçlari uçun ajratadi. Buyuk Britaniyaning yangilangan mudofaa strategiyasida Xitoy va Rossiya asosiy tahdidlar sifatida körilyapti.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va boşqa jahon inqirozlari fonida Buyuk Britaniya mudofaa xarajatlarini oşiradi. Hukumat 13 mart, duşanba kuni Londonda e’lon qilgan bayonotga köra, keyingi ikki yil içida harbiylarga 5 milliard funt sterling (5,65 milliard yevro) qöşimça ajratiladi, şu jumladan yadroviy tiyib turiş hamda AQŞ va Avstraliya bilan harbiy blok - AUKUS uçun 3 milliard funt sterling.

Taxminan 1,9 milliard funt sterling Ukrainaga harbiy yordam tufayli ança qisqargan öq-dorilar arsenalini töldiriş uçun sarflanadi. Buyuk Britaniya Kiyevga asosiy qurol yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi. Vaşingtonga AQŞ prezidenti Jo Bayden va Avstraliya Boş vaziri Entoni Albaniz bilan muzokaralar ötkaziş uçun yöl olgan Buyuk Britaniya Boş vaziri Rişi Sunak şunday dedi: «Dunyo barqarorligi pasayayotgani va davlatlar örtasidagi raqobat kuçayib borayotgani sababli, Buyuk Britaniya özini himoya qilişga tayyor bölişi kerak».

Sunakning sözlariga köra, qöşimça ajratmalar natijasida 2025 yilga borib mamlakat mudofaa xarajatlari yalpi içki mahsulotning hozirgi 2 foizidan 2,25 foizigaça oşadi. Maqsad - 2,5 foiz. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles mudofaa xarajatlarini YaIMning uç foizi miqdoriga yetkaziş talabi bilan çiqdi. Tanqidçilarga köra, Britaniya qurolli kuçlari ayançli ahvolda.

2023 yilgi Britaniya mudofaa strategiyasining (IR23) yangilangan versiyasi doirasida mudofaa xarajatlari oşiriladi. Uşbu hujjatda Xitoy va Rossiya tahdidlariga qarşi kuraşiş Buyuk Britaniyaning mudofaa sohasidagi asosiy vazifasi sifatida körsatilgan. «IR23paydo bölayotgan geosiyosiy tahdidlarga javob beriş maqsadida qabul qilindi: Rossiyaning Ukrainaga qarşi harakatlaridan tortib, Xitoyning iqtisodiy bosimi va davlatlar örtasidagi raqobat kuçayişigaça», — deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.

Press-relizda ta’kidlanganidek, «birinçi navbatda, Rossiya kabi» Yevropa xavfsizligi uçun asosiy tahdid bilan kuraşiş kerak.