Moldova politsiya boş komissarligi rahbari Viorel Çerneutsanu Rossiya maxsus xizmatlarini muxolifat namoyişlari paytida beqarorlik harakatlariga tayyorgarlik körganlikda aybladi. «Politsiyaga Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Moldovada muxolifat namoyişlari paytida, şu jumladan bugun ham vaziyatni beqarorlaştiriş böyiça rejalangan harakatlarga tayyorgarlik körilgani haqida tezkor ma’lumotlar kelib tuşdi», — dedi u 12 mart, yakşanba kuni «Şor» partiyasi mitingi oldidan brifingda.
Çerneutsanu, şuningdek, Rossiya vakili rahbarligida uşbu maqsadlar uçun maxsus tayyorgarlikdan ötayotgan 7 kişining qölga olingani haqida ham ma’lum qildi. Politsiyaga jami 25 nafar gumondor keltirildi.
Ayni paytda, Kişinyov markazida «Şor» partiyasi uyuştirgan ommaviy norozilik namoyişi bölib ötdi. Moldovada isitiş mavsumi uçun kommunal tölovlar tölaşni va uruşning oldini olişni talab qilgan miting iştirokçilari hukumat binosiga qarab yurib, politsiya halqalarini yorib ötişga urindi, deb yozadi Publika.md.
Aksiya iştirokçilari hukumatdan qiş oylarida kommunal tölovlarni söndiriş böyiça 24 soat içida javob berişni talab qilib, qaror qabul qildi, dedi «Şor» partiyasi raisi örinbosari Marina Tauber. Bundan taşqari, faollar boş vazir Mayya Sanduni iste’foga çaqirişdi. «Interfaks» xabariga köra, mitingda 50 ga yaqin odam hibsga olingan.
Bir kun avval Moldova politsiyasi ehtimoliy provokatsiyalar haqida ogohlantirgan edi. Bayonotda huquq-tartibot idoralari xodimlari tartibni saqlaşga çaqirgan. «Milliy politsiyada ertaga aksiya davomida beqarorlik va tartibsizliklar uyuştiriş rejalaştirilgani haqida ma’lumot bor. Şu munosabat bilan taşkilotçilar va iştirokçilardan qonun talablariga rioya etişlarini hamda inson hayotiga xavf tuğdiruvçi harakatlarga yöl qöymasliklarini söraymiz», - deyiladi bayonotda. Boşqa narsalar qatori, iştirokçilardan yuzlarini berkitmaslik va noqonuniy xatti-harakatlardan voz keçiş talab qilindi.
12 mart kuni Moldova çegara politsiyasi Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi vakilini mamlakatga kiritmagani ma’lum böldi. «Axborot almaşiş bizga Kişinyov aeroportidagi yölovçilar oqimida Rossiyadan kelgan XHK vakili şaxsini aniqlaş imkonini berdi», — deyiladi politsiya xabarida. Erkak Moldovaga samolyotda kelgan. U samolyotda uçgan davlatga qaytarilgan.
Fevral oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Moldovada hokimiyatni qölga kiritiş rejasi borligini e’lon qilgan edi. Şundan söng, uşbu mamlakat prezidenti Mayya Sandu bu ma’lumotni Kiyevdan olganini tasdiqladi va Moldovada barqarorlikni buziş tahdidi hamda Rossiya tomonidan davlat muassasalariga hujum qiliş va garovga oliş uçun dunyoning bir qança davlatlaridan diversantlar jalb etilişi mumkinligini bildirdi.

















