Oliy Majlis Senatining öttiz sakkizinçi yalpi majlisi 2023 yil 14 mart kuni soat 15:00 da Toşkent şahrida Oliy Majlis Senati binosida bölib ötadi.
Özbekiston Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2023 yil 13 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2023 yil 10 martdagi “Özbekiston Konstitutsiyasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi böyiça Özbekiston referendumini ötkaziş haqida”gi 3017-IV-son qarori böyiça uni Özbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq deb topiş haqida qaror qabul qilindi.
Özbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan Özbekiston Respublikasi referendumini ötkaziş töğrisida va uni ötkaziş sanasini tayinlaş haqida qaror qabul qiliş Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2023 yil 10 martdagi va Konstitutsiyaviy sudning 2023 yil 13 martdagi qarorlarini inobatga olib, “Özbekiston Konstitutsiyasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi böyiça Özbekiston Respublikasi referendumini ötkaziş haqidagi masala Oliy Majlis Senatida ham körib çiqilişi kerak.
Şu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining 2023 yil 14 mart kuni bölib ötadigan öttiz sakkizinçi yalpi majlisida uşbu masala muhokama qilinadi. Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus hamda xalqaro taşkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zolari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etadi.
Yalpi majlis Özbekiston 24, Özbekiston teleradiokanallari, Uzreport telekanali hamda Senatning YouTube tarmoğidagi sahifasi orqali töğridan töğri yoritib boriladi.


















