Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukaşenkoni Ukrainaga qarşi agressiv uruşda Kremlning «şerigi» deb atadi.
«U Putinning barça buyruqlarini bajaradi», dedi u Deutschlandfunk radiostansiyasiga bergan intervyusida hamda Belarus rahbarining roziligisiz Ukrainaga hujumlar amalga oşirilmasligini qöşimça qildi.
Tixanovskayaning sözlariga köra, Lukaşenko «öz mamlakati mustaqilligini qismlarga bölib sotmoqda».
«Biz Rossiya tomonidan okkupatsiyani nafaqat harbiy jihatdan, balki ular ommaviy axborot vositalarida, iqtisodiy sohada ham Belarusni egallab olganini köryapmiz, – dedi Belarus prezidentligiga sobiq nomzod. – Bugun Lukaşenko Belarus içida hamon nazorat qilayotgan yagona narsa - repressiyalar».
Bundan oldin Minsk şahar sudi Svetlana Tixanovskayani 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Tixanovskaya, sud qaroriga köra, jazoni umumiy rejimli koloniyada ötaşi kerak. Şuningdek, u 800 bazaviy körsatkiç (qariyb 127 mln söm) miqdorida jarimaga tortildi. Unga sirtdan hukm çiqarildi.
Svetlana Tixanovskaya sud hukmini izohlar ekan, öz siyosiy faoliyatini davom ettirişini ma’lum qildi.
«Ular «hukm» orqali menga nima demoqçi ekani haqida öylamayapman. Biz hukm yoki hukmsiz öz işimizni davom ettiramiz. Men va demokratik kuçlar siyosiy mahkumlarni ozod qiliş va davlatimizni demokratik özgarişlarga olib keliş uçun harakat qildik va bundan buyon ham harakat qilamiz», dedi u.

















