Rossiya Haagadagi Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olmaydi, deya ma’lum qildi 14 mart, seşanba kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya tomoniga qarşi ehtimoliy iş yuzasidan izoh berar ekan. The New York Times (NYT) gazetasining keça xabar berişiça, Haagadagi sud Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi bilan boğliq ikkita harbiy jinoyat böyiça iş oçmoqçi va bir neça kişini hibsga oliş uçun order berişni söraydi.

Xabarda aytilişiça, holatlardan biri ukrainalik bolalarni öğirlaş va ularni Rossiyaning «qayta tarbiyalaş» lagerlariga majburan yuboriş bilan boğliq. Ikkinçisi - Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga ataylab zarba beriş. Bu Ukrainada gumon qilinayotgan jinoyatlar uçun rossiyalik amaldorlarni xalqaro sud oldida javobgarlikka tortişga birinçi uriniş bölişi mumkin.

Aynan kimga ayblov qöyilişi noma’lumligiça qolmoqda. Ba’zi ekspertlar prezident Putinning özi ayblanuvçi bölişi mumkinligini istisno etmadi, çunki XJS uruş jinoyatlari bilan boğliq işlar böyiça davlat rahbarining daxlsizligini tan olmaydi.

Rossiya Federatsiyalar kengaşi vitse-spikeri Konstantin Kosaçev bir kun oldin «XJSda Rossiyaga nisbatan yurisdiksiya yöqligi»ni ta’kidlab ötdi. «2016 yildan beri Rossiya 1998 yilgi Rim statutiga a’zo emas, ya’ni XJS mamlakatimizga nisbatan heç qanday yurisdiksiyaga ega emas», — deb yozdi senator özining Telegram-kanalida.

Kosaçev, şuningdek, XJS hozirça Donbassning separatist hududlariga qarşi «Ukraina rasmiylari jinoyatlari»ga huquqiy baho bermaganiga e’tibor qaratdi va Haagadagi sud «tanlab sud qiliş» bilan şuğullanayotganini qöşimça qildi.