2023 yilning 14 mart kuni Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi raisi, muftiy Naurizboy Taganuli Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazdi, deb yozadi Zakon.kz.
Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi raisi musulmon jamoatçiligi uçun uluğ sanalgan Ramazon oyining ahamiyati haqida gapirdi.
«Markaziy Osiyo mamlakatlari muftiylari, fatvo sohasiga mas’ul olimlar bilan maslahatlaşib, ilmiy tadqiqot natijalarini ham inobatga olib, qöşma qarorga keldik... Bu yil Ramazon oyi 23 mart kuni boşlanadi. 17 apreldan 18 aprelga ötar keçasi - Qadr keçasi. 21 aprel kuni - Ramazon hayit bayrami», dedi Qozoğiston muftiysi.
2022 yil 5 oktyabr kuni Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasining Şariat va fatvo bölimi tomonidan 2023 yil uçun diniy kunlar taqvimi tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Taqvimga köra, muqaddas Ramazon oyi 23 martda boşlanib, 20 aprelda tugaydi. Ramazon hayit 21 aprelga, qadr keçasi (Laylatul-Qadr) esa 18 aprelga töğri keladi. Uç kun davom etadigan Qurbon hayitning birinçi kuni 28 iyunga töğri keladi.
2022 yilda Ramazon oyi 30 kun davom etdi: u 2 aprelda boşlanib, 1 mayda tugadi. Ramazon hayit 2 may kuni nişonlandi, qadr keçasi (Laylatul-Qadr) 28 aprelga ötar keçasiga töğri keldi.

















