KXDR mahalliy vaqt bilan soat 07:41 dan 07:51 gaça (Toşkent vaqti bilan 03:41 - 03:51) Xvanxe-Namdo provinsiyasining Çangyong hududidan ikkita qisqa masofali ballistik raketalarni uçirdi, ular Yapon dengizi yönalişi böyiça taxminan 620 kilometr uçib bordi. Bu haqda 14 mart, seşanba kuni Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi. 

Uçiriş Janubiy Koreya va AQŞ muntazam harbiy maşğulotlar ötkaza boşlaganidan söng amalga oşirildi. Ikki davlat razvedka xizmatlari sodir bölgan voqeani har tomonlama tahlil qilmoqda, deya ta’kidladi Koreya Respublikasi Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi. 

«Biz Şimol tomonidan ballistik raketa uçirilişini nafaqat Koreya yarimorolida, balki xalqaro hamjamiyat darajasida tinçlik va barqarorlikka putur yetkazuvçi muhim provokatsiya akti, şuningdek, BMT rezolyutsiyasini oçiqdan-oçiq buziş holati sifatida keskin qoralaymiz», - deyiladi qömita xabarida. Ular Şimoliy Koreyani bunday sinovlarni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. 

Koreya Respublikasi AQŞ bilan mudofaa pozitsiyalaridan qöşma maşğulotlar ötkazayotganini va Pxenyan tomonidan «qöşimça provokatsiyalar» ehtimoli bor-yöqligini örganişini ta’kidladi. 

Ştab boşliqlari qömitasi Şimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyalariga javoban «bosiş» imkoniyatiga asoslangan holda, jangovar şaylikni saqlab qolişini ta’kidladi. 

Şimoliy Koreya 12 mart kuni maşğulotlar doirasida suvosti kemasidan ikkita strategik qanotli raketa uçirdi. 

KMTA agentligi tarqatgan rasmiy hisobotga köra, Kenpo körfazi suvlaridagi suvosti kemasidan ikkita strategik qanotli raketalar uçirilgan, ular «Yapon dengizi ustidan 8-şaklida trayektoriya böylab taxminan 1500 km uçib ötib, nişonga tekkan».

Bungaça Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In raisligida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi ötkazilgandi.