Ozarboyjon özini Germaniya va Yevropaga gaz hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari yetkazib beruvçisi sifatida taklif etyapti. «Ozarboyjon - Yevropa uçun işonçli hamkor», dedi prezident Ilhom Aliyev 14 mart, seşanba kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşuvdan söng.
Aliyevning sözlariga köra, Yevropaga yetkazib beriladigan gaz hajmi 2027 yilga borib bu yilgi 12 milliard kub metrdan 20 milliard kub metrga kötariladi. Bundan taşqari, Ozarboyjon qayta tiklanadigan energiya manbalarining juda katta salohiyatiga ega. Faqat Kaspiy dengizining şamol energiyasi salohiyati 157 gigavattni taşkil etadi, dedi Ilhom Aliyev. U öz mamlakati Yevropani nafaqat tabiiy gaz, balki «yaşil» energiya bilan ham ta’minlaşiga işonç bildirdi.
Olaf Şols, öz navbatida, Ozarboyjon bilan energetika sohasida yanada faol hamkorlik qilişga çaqirdi. «Mamlakat Germaniya va Yevropa energiya ta’minotini diversifikatsiya qilişga muhim hissa qöşiş imkoniyatiga ega», dedi kansler neft va gaz zaxiralari bilan bir qatorda, qayta tiklanadigan energiya manbalariga töxtalib.
Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinidan söng Yevropaning kamida önta davlati Ozarboyjondan gaz yetkazib berişga qiziqiş bildirgan, deydi Aliyev. Hozirgaça asosiy xaridorlar Turkiya, Gurjiston, Italiya va Gretsiya bölgan. Tez orada gaz Ruminiya, Albaniya va Vengriyaga ham yetkazib berilişi kutilmoqda. «Albatta, uzoq muddatli şartnomalar imzolanişi kerak», — deya qöşimça qildi u.

















