Mobiuz faoliyatining birinçi yillaridanoq qimmatbaho sovrinlarni yutiş imkoniyatini beruvçi turli aksiyalarni ötkazib keladi. Birgina sönggi 4 yil içida kompaniyaning 170 dan ortiq abonentlari 3 milliard 400 million sömdan ortiq mablağlarni, şuningdek, 15 ta avtomobil va Dubayga 4 ta sayohatni yutib olişgan.

“Omadli tölov” aksiyasi abonentlar öz omadlarini sinab köriş uçun yana bir imkoniyat böldi. U ötgan yilning 1 dekabridan joriy yilning 28 fevraligaça bölgan davrda ötkazildi.

Foto: Mobiuz

Iştirok etiş uçun abonentlar kompaniyaning rasmiy mobil ilovasi orqali istalgan Mobiuz abonenti hisobini kamida 40 ming sömga töldirişi kerak edi. Har 40 ming söm bitta imkoniyatga teng edi. Aksiyaning uç oyi davomida bitta abonent-iştirokçi 30 ta imkoniyatni töplaşi mumkin edi.

Sovrinlar öyini boşlanişidan bir neça kun oldin barça imkoniyatlarga noyob ID-kodlar berildi. Maxsus USSD-buyruği (*2023#) yordamida abonentlar özlariga aynan qaysi noyob kodlar belgilanganligini bilib olişlari mumkin edi. Umumiy hisobda 43 025 ta şunday noyob kodlar öyinda röyxatga olindi.

Foto: Mobiuz

Aksiya ğoliblari tomoşabinlar, iştirokçilar va taşkilotçi uçun qulay bölgan eng samarali usul – onlayn randomayzer yordamida aniqlandi. Jami 84 ta sovrin öynadi: har biri 1 million sömdan – 30 ta sovrin, 3 million sömdan – 20 ta, 5 million sömdan – 15 ta, 10 million sömdan – 10 ta, 15 million sömdan – 5 ta sovrin hamda 20 million sömdan – 3 ta sovrin öynaldi. Asosiy yutuq esa 100 million sömni taşkil qildi.

Öyin jarayonini IT Park Uzbekistan, Telegram va “Yandeks Reklama”ning Özbekistondagi vakillaridan iborat mustaqil komissiya hamda Mobiuz ofislaridan biriga taşrif buyurganlar bevosita kuzatib bordi. Tadbirning maksimal şaffofligi va oçiqligini ta’minlaş maqsadida Telegram va Instagram foydalanuvçilari uçun onlayn translatsiya taşkil etildi.

Foto: Mobiuz

Jarayon davomida ğolib deb topilgan ayrim ID-kodlar sohiblari bilan telefon aloqasi örnatildi. Boşlovçi ularga xuşxabarni töğridan-töğri onlayn efir paytida aytib berdi va birinçi taassurotlarini bilib oldi.