Şuningdek, u Mikolayiv va Odessa viloyatlariga taşrif buyurgan Niderlandiya mudofaa vazirligi rahbari Kaysa Ollongren bilan «Ramştayn» formatidagi navbatdagi uçraşuvga tayyorgarlik böyiça muhim masalalarni» muhokama qilganini aytdi.
Bundan taşqari, Reznikov amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qilgan hamda «hamkorlik va ğalaba sari yöl» haqida fikr almaşgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining boş diplomati Ukraina va xalqaro prokuraturaga harbiy jinoyatlarni tergov qiliş uçun yangi harbiy yordam berilişini bildirgandi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari kengaşi Ukrainaga Yevropa tinçlik jamğarmasi (European Peace Facility) orqali umumiy qiymati 500 million yevro bölgan yettinçi harbiy yordam tranşini berişga kelişib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qilgan.
U, şuningdek, YeI davlatlari tomonidan Ukraina harbiylarini tayyorlaş böyiça Yevropa Ittifoqining maxsus missiyasi uçun yana 45 million yevro ajratiş böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi. 15 000 nafar ukrainalik askarni asosiy tayyorgarlikdan ötkaziş uçun möljallangan uşbu missiya 2022 yil oxirida Polşada boşlangan.

















