Rossiyada Ukrainaga qarşi harbiy tajovuz iştirokçilarini «obrösizlantiriş» va ular haqidagi «feyklar» uçun endi 15 yilgaça qamoq jazosi beriladi. 14 mart, seşanba kuni Rossiya Davlat dumasi uçinçi, yakuniy öqişda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli tuzatişlar va Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartişlarni ma’qulladi. Endi Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» uçun moddalar normalari yollanma askar bölgan köngillilarga ham tegişli.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 20.3.3-moddasi «RF Qurolli Kuçlari uçun vazifalarni bajaradigan köngilli tuzilmalar, taşkilotlar yoki şaxslarni obrösizlantiriş uçun javobgarlik» bilan töldirildi. Unga nisbatan jarimalar özgarişsiz qoladi: fuqarolar uçun 50 ming rublgaça va yuridik şaxslar uçun 500 ming rublgaça. Uşbu moddada bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda jinoiy jazo nazarda tutiladi.
Köngillilar va yollanma askarlarga ham Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi – armiya haqidagi «feyk»larni tarqatiş normalari qöllanadi. Uşbu moddaning birinçi qismidagi eng yuqori jazo - koloniyada ozodlikdan mahrum qiliş - 3 yildan 5 yilgaça oşirildi. Ikkinçi va uçinçi qismlar uçun eng yuqori jazo özgarişsiz qoldi - mos ravişda 10 va 15 yil qamoq. 5 million rublgaça jarima ham nazarda tutilgan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 280.3-moddasiga – «Armiyani obrösizlantiriş»ga özgartirişlar kiritildi. Uning birinçi qismi uçun jazo 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, ikkinçi qismi uçun (xavfli oqibatlarga olib kelgan qayta obrösizlantiriş) 5 yildan 7 yilgaça oşirildi.
Rossiya qonunçiligiga özgartirişlar Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin boşçiligidagi deputatlar guruhi tomonidan tayyorlandi. Yanvar oyi oxirida «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin Volodindan jinoyat kodeksini Ukrainadagi uruşda qatnaşiş uçun yollangan sobiq mahkumlarni «obrösizlantiriş» uçun jazoni nazarda tutuvçi modda bilan töldirişni söradi.
«Kommersant» gazetasining yozişiça, Prigojin, xususan, jangovar harakatlar iştirokçilarini har qanday tanqid qilişni, şuningdek, ularning ötmişdagi jinoyatlari haqidagi ma’lumotlarni çop etişni taqiqlaşni taklif qilgan.


















