BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.

STEM ta’lim tizimi nima o‘zi?

“STEM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Maths” so‘zlarining qisqartmasi. O‘zbekchasiga qisqacha qilib aytganda, STeM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi.

STeM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Bu ta’lim asosida o‘quvchi dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxshi o‘zlashtirish o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi anglashga yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi bo‘lgan raqamli dunyoga moslashuvchan qiladi. Muhandislik (Engineering) bilan o‘quvchi muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi loyihalar yaratish uchun qo‘llay oladi. Matematika esa ma’lumotlarni tahlil qilish, xatolarni tuzatish, to‘g‘ri yechimlar topish uchun kerak. STEM mana shu 4 ta yo‘nalishni bir tizimga soladi va jamiyatga innovatsiyalar yarata oladigan, muammolarga barqaror yechimlar topa oladigan kadrlarni tayyorlab beradi.

Bu yo‘nalishdagi o‘qitishda fanni yaxshi o‘rganish, muammoni hal qilish va mantiqiy fikrlashni o‘zlashtirishga urg‘u beriladi. STEM o‘quvchilarga maktabda, ishda va turli hobbilarda muvaffaqiyat qozonish imkonini taqdim etadi.

Masalan, STEM'ni turli asboblardan iborat duradgor qutisi deb olsak, uni yaxshi o‘zlashtirgan bola qutidan kerakli asboblarni o‘zi tanlab olib, istagan narsasini yasay oladi. Ya’ni fanlarning hammasi kerakli, lekin bitta o‘zi alohida emas, birgalikda foydali va kutilgan natijani beradi.

STEM nega kerak?

STeM fanlarini o‘qish davomida o‘quvchida quyidagi qobiliyatlar shakllanadi