
“Yangi Özbekiston” naşri xabariga köra, quyidagilar lavozimidan ozod qilindi:
- Alişer Inakov Özbekiston Respublikasi Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining direktori lavozimidan;
- Bahodir Karimov Özbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimidan;
- Ğayrat Isroilov Özbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va quriliş masalalari böyiça örinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Alişer Inakov 2021 yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining direktori etib tayinlangandi. Undan avval u Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori v.v.b. bölgan.
Bahodir Karimov ham 2021 yil aprel oyida agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlangan. U avval Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori örinbosari v.v.b. bölgan.

Bundan taşqari, 2021 yil aprel oyida Ğayrat Isroilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va quriliş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangan. U avval Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boşqariş, raqobatni rivojlantiriş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari kotibiyatining Pensiya ta’minoti va kam ta’minlangan oilalar masalalari böyiça boş mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.

Prezident farmoniga asosan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bölinmalari negizida Özbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi va uning hududiy bölinmalarini taşkil etiş belgilangan edi.
















