Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi (UNHCR) murojaatiga köra, 2023 yilda afğonlarga yordam beriş uçun 4,62 milliard AQŞ dollari kerak. Bu haqda BMT saytiga tayanib, CentralAsia xabar berdi. 

«Afğoniston ayni damda dunyodagi eng yirik va eng oğir gumanitar inqirozlardan birini boşdan keçirmoqda. Rekord darajadagi 28,3 million kişi (aholining uçdan ikki qismi), jumladan, ayollar va qizlar insonparvarlik yordami va himoyasiga muhtoj. Ehtiyojlar ayollarga nisbatan yaqinda qöyilgan çeklovlar, jumladan, nodavlat taşkilotlarda işlaşni taqiqlaş bilan yanada kuçaymoqda. 

Departamentning fikriça, afğonlarga moliyaviy yordam oçlik, kasallik, töyib ovqatlanmaslik va ölimning oldini oliş uçun muhim bölib qolmoqda. 2022 yilda şunga öxşaş murojaat atigi 52 foizga moliyalaştirildi va zarur bölgan 623 million dollardan 321 million dollar yiğildi. 

Bundan taşqari, brifingda qöşni mamlakatlardagi afğon qoçqinlari va ularni qabul qiluvçi mezbon oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun 13 million dollarlik mintaqaviy reja e’lon qilindi. 

«2023 yilga möljallangan afğon qoçqinlarining mintaqaviy qöllab-quvvatlaş rejasiga köra, beş qöşni davlatda: Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonda istiqomat qiluvçi afğonlarni qöllab-quvvatlaş uçun 613 million dollar ajratiladi. Bu mamlakatlarda 8,2 millionga yaqin afğon, jumladan, röyxatga olingan ikki milliondan ortiq qoçqin yaşaydi. Ularning köpçiligi önlab yillar davomida mintaqada, asosan, Eron va Pokistonda qolgan», deyiladi BMT xabarida.

2021 yildan beri Markaziy Osiyoga 1,6 million afğon qoçqinlari kelgan. Qöllab-quvvatlaşga muhtojlarning 70 foizidan ortiğini ayollar va bolalar taşkil etadi.