Polşada Içki xavfsizlik agentligi xodimlari olti kişini Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib qölga oldi, deb xabar berdi Polşaning RMF FM radiostansiyasi 15 mart, çorşanba kuni. Hibsga olinganlar haqidagi ma’lumot keyinçalik Polşa hukumati vakillari tomonidan tasdiqlandi.
Radiostansiya ma’lumotlariga köra, qölga olinganlarning barçasi «şarqiy çegaradan kelgan xorijliklar» bölib, Rossiya maxsus xizmatlarida işlagan. Muhim temiryöl kesişmalarida poyezdlar harakatini yozib olgan va ma’lumotlarni internetga uzatgan yaşirin kameralar aniqlangaç, gumondorlar qölga olindi.
Jurnalistlarning sözlariga köra, gap önlab şunday kameralar haqida ketmoqda. Ular asosan Podkarpak voyevodeligidagi temiryöllarda va Ukrainaga Ğarb qurollarini yetkazib berişda faol foydalaniladigan Jyeşuv-Yasenka aeroporti hududida örnatilgan.
Britaniyaning VVS media-kompaniyasining rus xizmatiga köra, uşbu aeroport şu qadar muhim sanaladiki, AQŞ armiyasi uni himoya qiliş uçun Patriot havo mudofaa moslamalarini joylaştirgan. Aynan şu aeroportga AQŞ prezidenti Jo Bayden uçib keldi, keyin u Kiyevga taşrif buyurdi.
Polşa harbiy kontrrazvedka xizmati (SKW) sobiq rahbari örinbosari, polkovnik Matsey Matisyakning sözlariga köra, Rossiya maxsus xizmatlari kameralardan asosan Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berilgani haqida ma’lumot yiğiş uçun foydalangan. Şu bilan birga, u ruslar qölga kiritilgan ma’lumotlardan qöporuvçilik uyuştiriş uçun foydalanişi mumkinligini istisno etmadi.
«Uşbu ma’lumotlardan qarşi çoralar, jumladan, qöporuvçilik, sabotaj, yöq qiliş kabi çoralarni köriş uçun foydalaniş mumkin. Ruslar buni qilgan, qilyapti va qiladi. Biz hammamiz Çexiyadagi öq-dorilar zavodiga hujumni kördik», - deya tuşuntirdi Matisyak.
Dekabr oyi oxirida Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal öz razvedka xizmati safida rossiyalik josus foş etilganini e’lon qildi. Yanvar oyi oxirida uşbu rossiyalikning şerigi hibsga olingani haqida ma’lum böldi. Şuningdek, yanvar oyida Stokholm sudi ikki Şvetsiya fuqarosini Rossiya foydasiga josuslikda aybdor deb topib, ulardan birini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

















