Şimoliy Koreya 16 mart, payşanba kuni ertalab uzoq masofali ballistik raketani uçiriş orqali yangi raketa sinovini ötkazdi, bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi va Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Raketa Tokioda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol va Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida örtasida ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvdan bir neça soat oldin uçirilgan.
Janubiy Koreya Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi ma’lumotlariga köra, raketa Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyan yaqinidan uçirilgan. Janubiy Koreya milliy xavfsizlik kengaşini çaqirib, Şimoliy Koreyaning raketa uçirilişini mintaqadagi tinçlikka tahdid soluvçi «provokatsiya» sifatida qoraladi. Prezident Yun Sok Yol harbiylarga mavjud rejaga muvofiq AQŞ bilan qöşma maşğulotlar ötkazişni buyurganini aytdi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreya raketasi 6000 kilometrdan ortiq masofani taxminan 70 daqiqada bosib ötib, Yaponiya iqtisodiy zonasidan taşqarida Yapon dengiziga tuşib, heç qanday zarar yetkazmagan. Yaponiya vazirlar mahkamasi rahbari Kisidaning aytişiça, Yaponiyada ham Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişi ötkaziladi.
Avvalroq, 12 mart kuni Şimoliy Koreya suvosti kemasidan oçiq dengiz tomon ikkita strategik boşqariladigan raketalarni uçirdi. Uçiriş Warrior Schield şartli nomi ostida sönggi beş yildagi eng yirik Janubiy Koreya va AQŞ harbiy maşğulotlari boşlanişidan bir neça soat oldin sodir böldi. Bungaça KXDR 20 va 19 fevral kunlari raketa sinovlari ötkazilişini e’lon qilgan edi.
2022 yilda Şimoliy Koreya 50 dan ortiq raketa sinovlari bilan har qaçongidan ham köproq raketa uçirdi, deya ta’kidladi Reuters. KXDRda raketa sinovlari BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan taqiqlangan.
3 yanvar kuni prezident Yun Sok Yol Koreya Respublikasi Milliy xavfsizlik boşqarmasiga «Şimoliy Koreya bizning hududiy yaxlitligimizni buzuvçi navbatdagi provokatsiyaga yöl qöysa», 2018 yil 19 sentabrdagi Koreyalararo harbiy kelişuvni töxtatib turiş masalasini körib çiqişni topşirdi.
Bu Şimoliy Koreyaning uçuvçisiz uçiş apparatlarining Janubiy Koreya havo hududiga kirişiga munosabat böldi.
Bundan avval, 1 yanvar kuni Pxenyan yana bir bor qisqa masofali ballistik raketani sinovdan ötkazdi, bir kun oldin esa Yapon dengizi tomon uçta qisqa masofali ballistik raketani uçirdi.

















