Qayd etilişiça, Kiyevdagi rahbariyat hozirça operatsiya strategiyasini aniqlamagan, biroq ikkita variant bor. 

Birinçi holda, janubga - Xerson orqali Qrimga hujum qiliş varianti körib çiqilyapti. Ikkinçi ssenariy şimoldan şarqqa, keyin esa janubga, quruqlikdagi köprikni tösib qöyişni öz içiga oladi. 

Şu bilan birga, Politico manbalari ikkinçi variantni real holatga yaqinroq deb hisoblamoqda, çunki Rossiya armiyasi Dnipro daryosining şarqiy qirğoğida mudofaani kuçaytirgan, Ukraina Qurolli kuçlarida esa muvaffaqiyatli desant operatsiyasi uçun yetarli kuç yöq.

Bundan oldin 2023 yilning fevralidagi şiddatli janglar davomida Rossiya qöşinlari butun oy davomida bor-yöği 233,94 kvadrat kilometr maydonni egallab olişga muvaffaq bölgani, bu Ukraina hududining 0,039 foiziga töğri kelişi xabar berilgandi. 

Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) 14 mart kuni ma’lum qilişiça, ayni paytda, fevral oyida Rossiya özi avval e’lon qilgan yangi hujumni boşladi va kiçik yutuqlar evaziga minglab askarlari va köp sonli qurollarini yöqotmoqda. Öz hisob-kitoblarida tahlilçilar 31 yanvardan 28 fevralgaça bölgan kartografik ma’lumotlarga asoslangan.

Öz navbatida, War Mapper guruhining ta’kidlaşiça, fevral oyida Rossiya bosib olingan hududni 85 kvadrat kilometrga oşirdi, bu Ukraina butun hududining 0,01 foiziga teng. «Rossiya bu kiçik hududni minglab askarlari va harbiy texnikasini yöqotganidan keyin qölga kiritdi», deb ta’kidlaydi naşr.