Qonunçilikka köra, haşar quyidagi şartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda taşkil etiladi va ötkaziladi:
- umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida faqat Prezidentning tegişli hujjati yoki Hukumat qarori bölganda;
- mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;
- jamoat işlari, şu jumladan quriliş-ta’mirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etişga qat’iy yöl qöyilmagan holda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, iş örinlarini tartibga keltiriş.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faqat tegişli mahalla hududida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, bolalar va sport maydonlarini jihozlaş, moddiy-madaniy meros obektlarini zarur holatda saqlaş, qabristonlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş hamda zarur holatda saqlaş işlarida aholining ixtiyoriy iştirok etişini taşkil etadi.
Şuningdek, quyidagi joylarda haşarlar va boşqa işlarni ötkaziş taqiqlanadi:
- avtomobil yöllarida;
- harakatlaniş tiğiz bölgan köçalarda;
- suv obektlari, qirğoqböyi hududlar va zonalarda;
- quriliş maydonlarida;
- bino va inşootlar tomida;
- xavfli işlab çiqariş obektlarida;
- insonlarning hayotiga yoki soğliğiga xavf tuğilişi yuzaga kelişi mumkin bölgan boşqa joylarda.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi asosida, Navröz umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida 18 mart kuni Özbekistonda umumxalq haşari ötkaziladi.

















