Qozoğistonning «QazTransOyl» kompaniyasi mart oyida Özbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini taşişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Kazinform. 

Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Qozoğiston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib beriş jadvali mavjud. 

Ma’lum qilinişiça, mart oyida «QazTransOyl» Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beradi. 

Neft «Omsk - Pavlodar - Çimkent - Şağir» neft quyiş stansiyasi (temir yöl sisternalariga yuklaş) orqali taşiladi. 

2023 yilda «QazTransOyl» magistral neft quvurlari tizimi orqali Özbekistonga Rossiya nefti tranzitining umumiy rejalaştirilgan hajmi 250 ming tonnani taşkil etadi.