Moldova parlamenti köpçilik ovoz bilan Konstitutsiya matnida, barça qonunlar va qonunosti hujjatlarida «moldovan tili» sözini «rumin tili» söziga rasmiy ravişda almaştirişni ma’qulladi. 16 mart, payşanba kuni hukmron «Harakat va birdamlik» (PAS) partiyasi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi böyiça ovoz beriş bölib ötdi. U ikkinçi va yakuniy öqişda qabul qilindi.
Şu bilan birga, kommunistlar va sotsialistlarning muxolifatdagi fraksiyasi qonun loyihasiga qarşi çiqdi va yiğilişda «Moldova Konstitutsiyasi: Moldova: Moldova, moldavanlar, moldavça» va «Xalq suveren. PAS - zolim» degan yozuvlar tuşirilgan bannerlarni kötarib oldi. Biroq muxolifat qonun loyihasi böyiça ovoz berişni kun tartibidan çiqarişga erişa olmadi.
Ayni paytda, 2013 yilda mamlakat Konstitutsiyaviy sudi rumin tilini mamlakatning davlat tili deb tan olgan. «Mustaqillik deklaratsiyasi konstitutsiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Agar nomuvofiqliklar mavjud bölsa, Deklaratsiya matni ustunlik qiladi. Qaror yakuniy hisoblanadi va şikoyat qilinişi mumkin emas», degandi öşa paytdagi sud raisi Aleksandr Tenase.
Endi kiritilgan özgartirişlar Moldova qonunçiligini Konstitutsiyaviy sudning majburiy bölgan, ammo ijro etilmagan uşbu qaroriga muvofiqlaştiradi. Moldova tilining alohida til yoki rumin tilining boşqa nomi ekanligi haqidagi bahslar mamlakatda mustaqillikka erişgandan beri töxtamagan. «Tabriklayman. Bu ovoz beriş biroz keçikdi», - deya Moldova parlamenti spikeri Igor Grosuning sözlaridan iqtibos keltirmoqda NewsMaker Moldova naşri.
Avvalroq, 12 mart kuni Moldova poytaxti Kişinyovda namoyişçilar parlament binosiga bostirib kirişga uringan, 50 ga yaqin namoyişçi hibsga olingan edi. Moldova parlamenti spikeri Igor Grosuning aytişiça, rossiyaparast «Şor» partiyasi uyuştirgan norozilik namoyişlaridan maqsad Moldovada konstitutsiyaviy tuzumni yöq qiliş, qonuniy hukumatni ağdariş bölib, bu mamlakatni «Rossiya ixtiyoriga» topşirişi mumkin.

















