Qayd etilişiça, 2022 yil davomida yangi quriliş, ta’mirlaş, böş turgan binolarni moslaştiriş va mavjud örinlarini maqbullaştiriş hisobiga jami 20 153 örinli turar joy foydalanişga topşirildi.
Davlat oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylarining soni bugungi kunda 287 taga yetkazilib, jami 109504 nafar talabalarni joylaştiriş imkoniyati yaratildi. Biroq, qöşimça 132 ming örinli talabalar turar joyiga talab mavjud.
Uşbu ehtiyojni qondiriş maqsadida 2023 yil yakuniga qadar 18 ming örinli talabalar turar joylarini quriş va foydalanişga topşiriş belgilangan.
Bildirilişiça, joriy yilda yotoqxonalarni barpo etiş böyiça jami 28 526 örinli 58 ta loyiha amalga oşirilmoqda, jumladan, davlat-xususiy şeriklik asosida 19 576 örinli 40 ta, oliygoh va budjet mablağlari hisobidan 3 450 örinli 7 ta, oliygohlarning töliq öz mablağlari hisobidan 3 900 örinli 8 ta hamda investitsiya dasturi doirasida 1 600 örinli 3 ta loyihalarda tegişli işlar amalga oşirilyapti.
Ta’kidlanişiça, ayni damda respublika böyiça jami 16 466 örinli 31 ta loyihalarda quriliş işlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar talabalar turar joyi fondini 127 ming örindan oşiriş rejalaştirilgan.
















