Parijda 6000 ga yaqin odam hukumat taşabbusi bilan boşlangan pensiya islohotiga qarşi norozilik namoyişiga çiqdi. Şahar markazida politsiya bilan töqnaşuvlar sodir böldi, natijada 16 mart, payşanba kuni kamida 217 kişi qölga olindi, deya xabar bermoqda dpa Fransiya politsiyasiga tayanib.
Namoyişçilarni orqaga qaytariş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlar ham qöllangan, odamlar politsiyaga qarata turli buyumlar va yoğoç bölaklarini otişgan. Namoyişlar mamlakatning boşqa bir qança şaharlarida, jumladan Marsel, Dijon, Nant, Renn, Ruan, Grenobl, Tuluza va Nitssada ham bölib ötdi. AFP xabariga köra, Marselda namoyişçilar bir neçta dökonlarni buzib taşlagan, Nant, Renn va Lionda ham namoyişçilar va huquq-tartibot kuçlari örtasida töqnaşuvlar bölgan.
Avvalroq Fransiyada pensiya islohoti parlamentni çetlab ötib qabul qilingani ma’lum böldi – yangi qonunni Milliy Assambleyada ovoz berişsiz qabul qiliş uçun Fransiya hukumati konstitutsiyaning maxsus moddasidan foydalangan. Qonun loyihasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan birini – pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşgaça kötarişni amalga oşirişi kerak. Bu 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Mamlakat böylab ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötgani hisobga olinsa, Fransiya Senati tomonidan qöllab-quvvatlangan qonun loyihasi Milliy Assambleya deputatlari tomonidan rad etilişi ehtimoli yuqori edi.
Boşqa narsalar qatorida, pensiya islohoti pensiya tölovlarini töliq oliş uçun badallar tölanişi kerak bölgan eng kam davrni 43 yilga oşirişni nazarda tutadi. Fransiyadagi köplab keksa odamlar hozirda 62 yoşdan oşgan bölsa-da, kerakli miqdordagi mablağni töldiriş uçun işlamoqda. Biroq, 67 yoşga tölgan fuqarolar, uşbu ajratmalar qaysi davrda amalga oşirilganligidan qat’i nazar, töliq miqdorda pensiya oliş huquqiga ega. Bu pozitsiya saqlanib qolişi kerak. Şu bilan birga, Makron hukumati eng kam pensiya miqdorini oyiga 1200 yevrogaça oşiriş niyatida.
Kasaba uyuşmalari pensiya islohotini adolatsiz va asossiz darajada qattiq deb hisoblayapti hamda uşbu mavzu böyiça referendum ötkazişga çaqiryapti. Sörovlarga köra, fransuzlarning uçdan ikki qismi hukumat taklif qilayotgan özgarişlarga qarşi.

















